Jonli afsonaning ustaxonasida

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-bosqich talabalari uchun ajoyib uchrashuv, akademiya professori, Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro adabiyot, san’at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi akademigi Sagatov Qo’rqmas Sagatovich ustaxonasida bo’lib, yaqindan tanishdilar.

Ustaxonadagi muhit go‘yo san’at tarixining jonli xazinasi: bir devorda uning shogirdlari suratlari osilgan bo‘lib, ular bugun dunyoning turli mamlakatlarida xalq va yetakchi balet artistlariga aylangan. Boshqa devorda esa milliy va jahon xoreografiya san’ati ustozlarining tasvirlari joy olgan. Ularning orasida XX asr rus balet maktabining asoschisi, mashhur baletmeyster va pedagog, “Klassik raqs asoslari” (1934) kitobi muallifi Agrippina Yakovlevna Vaganova hamda O‘zbekiston xalq artisti, balerina, o‘zbek xalq raqslari ijrochisi, baletmeyster, pedagog va san’atshunos, o‘zbek raqs nazariyasi asoschisi, mazkur san’at tarixiga oid 17 ta kitob va o‘quv qo‘llanmalari muallifi Roziya Zarif qizi Karimova o’rin olgan.

Bu buyuk siymolarning san’at rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida talabalarga GAXUz yoshlar murabbiysi S.Sultanova hikoya qilib berdi.

Mazkur uchrashuv birinchi bosqich talabalari uchun chinakam xotira va minnatdorlik saboqlaridan biri bo‘ldi. Axir, ustozlarni yod etgan va ularning yo‘lini qadrlagan inson nafaqat o‘tmish buyukligiga yetaklash, balki kelajak bunyodkorligi uchun kuch-quvvat topadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan