Kredit modul haftaligi – birinchi kurs maktabi

“Kredit-modul haftaligi” doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilari va 1-bosqich talabalari Ustozlar xotirasini yod etib “Chig‘atoy” yodgorlik qabristonida bo’ldilar.

O‘zbek sahna raqs san’atining asoschilari, xalq artistlari bo’lmish Tamara Xonim, Mukarrama Turg’unboyeva, Galiya Izmaylova, Roziya Karimova, Muxiddin Qori-Yoqubov, Usta Olim Komilov va Xalima Komilova, Qizlarxon Do‘stmuxamedova hamda shu yil 26-iyulda olamdan o‘tgan Gulnora Nizomovna Mavayevalar makon tutgan yerlarini ziyorat qilib, haqlariga tilovat qilindi.

«San’at nazariyasi va tarixi» kafedrasi o‘qituvchilaridan tarixshunos, Muxiddin Qori-Yoqubovning nabirasi Yelena Qori-Yoqubova hamda Madina Muxamedovalar san’at darg’alarining hayot yo’llari, me’rosi, milliy raqs san’atiga qo’shgan ulkan hissalari haqida talabalarga so’zlab berdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan