O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talaba-yoshlari Adiblar xiyobonida

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga sayr tashkil etildi.

Adiblar xiyobonida talabalar buyuk o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalari – Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Zulfiyaxonim kabi adiblarning haykallari va xotira majmualarini ziyorat qildilar. Ulug‘ adiblarning hayoti va ijodi, ular qoldirgan boy ma’naviy merosi haqida yoshlarga batafsil ma’lumot berildi.

Talaba-yoshlar adiblarning o‘zbek milliy adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, ularning asarlari orqali yurtparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat kabi qadriyatlar targ‘ib etilganligi haqida qiziqarli suhbatlarda ishtirok etdilar. Shuningdek, ularning ijodiy faoliyati bugungi kunda ham yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligi ta’kidlandi.

Bu kabi madaniy sayr-ziyoratlar talabalarda Vatanga muhabbat, milliy adabiyotimiz va madaniyatimizga bo‘lgan g‘urur va faxr tuyg‘ularini uyg’otadi. Tadbir yakunida talaba-yoshlar bunday ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar ularda katta ilhom va taassurot qoldirganini bildirdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan