Toshkent bag’riga sayohat

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining birinchi bosqich talabalari poytaxtning diqqatga sazovor joylari bilan ilk bor yaqindan tanishdilar.

Talabalar yoshlar murabbiysi S.Sultonova va yoshlar yetakchisi H.Xalilov boshchiligida Oʻzbekiston xalq artisti Isaxor Oqilov yashagan uyi, “Oʻzbekiston” mehmonxonasi, shahar skveri, Amir Temur haykali, Romanovlar saroyi, “Mustaqillik” maydoni va “Motamsaro ona” haykalini ziyorat qilib, har bir maskanning tarixini eshitib, poytaxtning betakror muhitini his etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan