Bugungi kunda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki professor-о‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlari uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat muhitini yaratish borasida ham namunali natijalarga erishmoqda. Akademiya rahbariyati va boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisining ushbu yo‘nalishdagi uzviy hamkorligi sababli professor-о‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarining mehnat huquqlari va salomatligi ustuvor masala sifatida ko‘rilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zXDAda ish joylarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, xavfsizlik tizimlarini yangilash bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, o‘quv va raqs zallari laboratoriyalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi, xizmat xonalari shinam holga keltirildi va ekologik toza ish muhitini ta’minlash maqsadida ventilyatsiya, yoritish tizimlari yangilandi.
Mehnat muhofazasiga oid ichki nazorat doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Har bir professor-о‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlari o‘z faoliyati yo‘nalishiga qarab mehnat xavfsizligi bo‘yicha maxsus yo‘riqnomalardan o‘tadi. Shuningdek, favqulodda holatlarga tayyorlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar muntazam tashkil etilib, ishchi-xodimlarning ogohligi va javobgarligi kuchaytirilmoqda.
Akademiya kasaba uyushmasi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar — sport musobaqalari, sog‘lomlashtiruvchi dam olishlar, salomatlik kunlari ham muntazam o‘tkazilmoqda. Akademiya professor-о‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida doimiy ravishda tibbiy ko‘riklar uyushtirilib, kasbiy kasalliklarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Xavfsizlikni ta’minlash orqali professor-о‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarni sog‘lom va xavfsiz muhitda ishlash imkoniyatiga ega bо‘ladi, bu esa ularning ish samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, texnika xavfsizligi ijodiy ishlab chiqarishda muqobil qо‘llanmalarga ega bо‘lishni ta’minlaydi, shuningdek, xodimlarning о‘zlarini ish joyida tо‘liq va ishonchli his qilishlariga ko‘mak beradi.
Professor-о‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarning ruhiy holati va xavfsizlikka bо‘lgan ishonchliligi, о‘z navbatida, ta’lim muassasasining umumiy samaradorligiga ta’sir qiladi. E’tiborga molik jihatlardan biri shuki, O‘zXDAda oxirgi yillarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq hech qanday jiddiy baxtsiz hodisa qayd etilmagan. Bu esa rahbariyatning xavfsizlik masalalariga bo‘lgan e’tibori va samarali ichki boshqaruvning natijasidir.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida xavfsiz va qulay mehnat muhitini yaratish borasidagi ijobiy tajriba respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalari uchun ham ibrat bo‘la oladi. Xodimlarning salomatligi va farovonligi ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini inobatga olgan holda, bu boradagi islohotlar izchil davom etmoqda.
Sirojiddin RAXIMOV,
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Ishlar boshqarmasi boshligʻi