Madaniyat vazirining tegishli buyrug’iga binoan, 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan
O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya san’ati” fakulteti dekani, dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xolmuradova Mexrinisa Ibraximovna «Madaniyat va san’at fidokori» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Akademiya jamoasi nomidan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!