Joriy yilning 28-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-bosqich tayanch doktoranti Yuliya Tairova nufuzli ilmiy-ma’rifiy markaz — “Scientific Academy” tomonidan ta’sis etilgan “Ilm-Fan Ziyosi” sertifikati va esdalik haykalchasi bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida yo‘lga qo‘yilgan.
Mukofot ilmiy faoliyatdagi yuksak yutuqlar, tashabbuskorlik, ijodiy yondashuv hamda bilim va tajriba almashish jarayonida namoyon etilgan yetakchilik fazilatlari uchun beriladi.
Yu.Tairovaning ilmiy fikrlar rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi. Bu uning “Qashqadaryo raqsi – O‘zbekiston mintaqaviy madaniyatining fenomeni” mavzusidagi chop etilgan ilmiy maqolasida yaqqol ifodasini topgan.