O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozlarga ehtirom” mavzusida bayram dasturi bo’lib o’tdi.
Bayramni akademiya rektori, professor Shuxrat Toxtasimov tabrik so’zi bilan ochib, barcha ustozlarni bayramlari bilan samimiy qutladi.
Bayramda asosan talabalarimizdan tashkil topgan ansambllar jamoasi ishtirok etib ular o’zlarining badiiy chiqishlari, dilbar raqslari orqali ustozlarni bayramlari bilan tabriklab, ehtiromlarini yetkazdilar
.
	







