Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi psixologi R.T.Xolmatova tomonidan joriy yilning 30-sentyabr kuni talabalarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish hamda sogʻlom psixologik muhitni shakllantirish maqsadida, “Insonning janjalli vaziyatlarga tushib qolishining oldini olish. Atrofdagilarga bagʻrikeng munosabatni shakllantirish” mavzusida trening tashkil etildi.
Treningning asosiy maqsadi kelishmovchiliklar manbalarini aniqlash, ularni oldini olish usullarini qoʻllash, bagʻrikenglikni shaxsiy sifat sifatida rivojlantirish koʻnikmalarini talabalarga singdirishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida “mojaro”, “tolerantlik” tushunchalari keng tahlil qilinib, empatiyani rivojlantirish yoʻllari koʻrsatildi. Shuningdek, talabalar konstruktiv xulq-atvorni shakllantirish, turli vaziyatlarda toʻgʻri yoʻl tutish va nizolarning oldini olish boʻyicha amaliy maslahatlar oldilar.
Mazkur trening yoshlarning psixologik madaniyatini rivojlantirish, ularni sogʻlom muloqot olib borishga undash va doʻstona muhitda faoliyat yuritishga koʻmaklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.