O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.A.Muxamedova va o‘qituvchi G.M.Iskandirovalar tashabbusi bilan TTJda talabalarni shaxsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirish, ularning kasbiy madaniyati hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida 13-oktyabr kuni davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida “San’atshunoslik”, “Xoreografiya jamoalari rahbari”yo‘nalishlari 1-2-bosqich talabalari raqs san’ati sohasining maqsadi, vazifalari, mutaxassislik fanlarining mazmuni, raqs san’atining inson hayotidagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, raqs san’atining ifoda vositalari, badiiy obraz yaratish, maqolalar tahlili va ijodkor shaxslar bilan ishlash jarayonlari haqida ham atroflicha so‘z yuritildi.
Talabalar sohaga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.