Kuni kecha, 19-oktyabr kuni «Xalqlar do’stligi” san’at saroyida xalqimiz suygan estrada xonandasi Vohidjon Isoqovning konsert dasturi bo’lib o’tdi.
Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish hamda “Shodlik” ashula va raqs ansamblida faoliyat olib borayotgan akademiya talabalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining Yoshlar yetakchisi Jamshidbek Mirsoliyev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor kotibi Hamroz Xalilov va akademiyaning bir guruh talabalari konsertda ishtirok etib, madaniy xordiq oldilar.


