O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna tomonidan joriy yilning 16-oktyabr kuni Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun “Xalq sahna raqsi” fanidan mahorat darsi o‘tkazildi.
Dars davomida o‘quvchilarga xalq sahna raqsining asosiy harakatlari, uslubiy xususiyatlari, texnik bajarilishi, sahna talablari bo‘yicha chuqurlashtirilgan amaliy va nazariy bilimlar berildi.
Shuningdek, ustoz xalq sahna raqsi harakatlarining musiqali balet spektakllari asosida shakllanishi va ularning badiiy talqini haqida ham batafsil tushuncha berdi.
Mazkur mahorat darsi bitiruvchi sinf o‘quvchilarining kelgusidagi kasbiy tayyorgarligi va sahna madaniyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.




