“Tozalik va intizom — madaniyat mezoni”

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Talabalar turar joyida “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti Gulishod Abdiyeva hamda yoshlar murabbiysi Saltanat Sultanova tomonidan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalarga tozalik va intizom — insonning ichki madaniyati va tarbiyasining eng asosiy ko‘rinishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Talabalar turar joyida yashash bu nafaqat tartibga amal qilish, balki o‘z uyiga bo‘lgan mehr va e’tiborni namoyon etish, unga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish demakdir.

Shuningdek, umumiy foydalanish joylarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, texnik vositalardan oqilona foydalanish, o‘zaro hurmat muhitini saqlash borasida tushuntirishlar berildi.

Toza muhit — pokiza tafakkur va samarali o‘qishning garovi. Har bir talaba o‘z hayoti va kelajagi uchun mas’ul ekanini anglagan holda, kundalik odob va intizomni o‘zidan boshlashi lozim.

Darslarga o‘z vaqtida qatnashish, intizom va odob — talabalik hayotining ajralmas qismi ekani ham eslatib o‘tildi.

Mazkur tarbiyaviy suhbat Talabalar turar joyida sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, madaniy xulq-atvor me’yorlariga amal qilish va talabalarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan