Joriy yilning 24-oktyabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Xalq demokratik partiyasi mas’ullari hamda akademiya professor-о‘qituvchilari va talabalari о‘rtasida davra suhbati bо‘lib о‘tdi.
Mazkur tadbirda Xalq demokratikk partiyasining Yakkasaroy tumani Kengashi raisi Shaxnoza Sharipova, Toshkent shahar Kengashi xodimi Abdulaziz Raximov, Oliy Majlis Qonunchiligi palatasi Yoshlar parlamenti a’zosi Raxmonjon Kimsanbayev ishtirok etdi.
О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti Erkinoy Saitova, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limi boshlig‘i Shahrizoda Xudoynazarova, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘limi muhandisi Hamidjon Rо‘ziboyev, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining Yoshlar yetakchisi Jamshidbek Mirsoliyev Xalq demokratik partiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
Tadbir sо‘ngida partiyaning yangi a’zolariga guvohnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.







