O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-bosqich tayanch doktoranti Yuliya Toirova “Jadidlar” xalqaro ilmiy-tadqiqot assotsiatsiyasi hamda Turkiya, Argentina, Rossiya va Qozog‘istonning nufuzli ijodiy va ilmiy tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan “Millatlar mozaikasi — Sakkiz davlat, bir sahna, bir qalb!” xalqaro festivalida munosib ishtirok etdi.
Festival doirasida o‘tkazilgan “Iqdorli yoshlar” tanlovida Y.Toirova yuqori natijalarni namoyo etib, I-darajali diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, madaniyatlararo do‘stlikni mustahkamlashdagi faol ishtiroki va erishgan yutuqlari uchun u “Do‘stlik elchisi” faxriy ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Akademiya jamoasi nomidan muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy, ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

