Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs tayanch doktoranti Yuliya Tairova Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan ilmiy ekspeditsiya doirasida Qarshi xoreografiya san’atiga ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich maktab-internatida “Klassik raqs” fanidan mahorat darsi o‘tkazdi.
Iliq va ijodiy muhitda bo‘lib o‘tgan mahorat darsida o‘quvchilar klassik raqs yo‘nalishida muhim bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo’ldilar.

