Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Nizom bilan:
➖tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;
➖tyutorlarning huquq va majburiyatlari;
➖tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;
➖hamda tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.
2025-yilda:
➖har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qo‘mitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlari doimiy o‘rganiladi;
➖talabalarning bildirgan fikrlari asosida “Muammolarni bartaraf etish dasturi” ishlab chiqiladi;
➖talabalar uchun maxsus ijtimoiy platforma va mobil ilovalar yaratiladi;
➖medialaboratoriyalar faoliyati tashkil etiladi;
➖“Yetakchi va faol talabalar maktabi” tashkil etiladi;
➖“Bir ziyoli — 10 talabaga ma’naviy ustoz” tizimi joriy etiladi;
➖musiqa va raqs ansambllari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
➖2025/2026-o‘quv yili davomida “O‘zbekiston Qahramonlari” darslari tashkil etiladi
2026-yilda:
🟢“Amir Temur vorislari” sport ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi ishlab chiqiladi
🟢har bir hududdagi bitta OTMda “Harbiy sport maydonchalari” tashkil etiladi;
🟢tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlari ishlab chiqilib, reyting tizimi joriy etiladi;
🟢eng yuqori reytingga ega tyutorlarni rag‘batlantirish, eng past ko‘rsatkichli tyutorlarga jazo choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi;
🟢eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlar xorijga tajriba almashish uchun yuboriladi;
🟢tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platforma yaratiladi.
Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.