O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Nargiza Alimova tomonidan talabalar yashash sharoitlarining navbatdagi ko’riklari amalga oshirildi.
Akademiya talabalarning yashash sharoitlarini, qishki mavsumga tayyorgarliklarini hamda gaz, elektr jihozlarining yaroqliligini o’rganish maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari mas’ullar ishtirokida nazoratdan o’tkazildi.


