Ispaniya Elchixonasi va O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi ko‘magida:
“Ispaniya raqsi bo‘ylab sayohat” loyihasi taqdim etiladi.
Ispaniya milliy bayrami (12-oktyabr) hamda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Yevropa kinosining 10 yillik yubiley festivali doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Ispaniyaning mashhur Aire Nuevo Danza raqs kompaniyasi ishtirokida bir qator madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.
2025-yil 6-noyabr kuni soat 10:30 da Aire Nuevo Danza truppasi primabalerinasi va xoreografi Beatriz Morcillo ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tadi. Mazkur mahorat darsi davomida ishtirokchilar ispan raqsining to‘rtta yo‘nalishi: Bolero maktabi, folklor, stilizatsiyalashgan raqs va flamenko bilan tanishadilar.
2025-yil 7-noyabr kuni soat 17:00 da Akademiyada
“Ispaniya raqsi bo‘ylab sayohat: ildizlardan zamonaviylik sari”
(De Ayer a Hoy) nomli kontsert dasturi namoyish etiladi. Dastur tomoshabinlarga ispan raqsining XVIII asrdagi shakllanishidan tortib, zamonaviy yo‘nalishlarigacha bo‘lgan evolyutsiyasini namoyon etadi.
O‘tkaziladigan joy: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi