Muloqot san’ati – o‘zaro tushunish kaliti

Joriy yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi psixologi Ra’no Xolmatova tomonidan birinchi bosqich talabalari bilan muloqot madaniyatini shakllantirish, hurmatli munosabat va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda muloqotni san’at sifatida anglash mavzusida trening o‘tkazildi.

Talabalar sariq-to‘q sariq ranglarda tayyorlangan ta’sirchan taqdimot davomida muloqotning mohiyati, turlari va ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirib, hayotiy misollar keltirib faol ishtirok etdilar.

Trening ilhomlantiruvchi iqtibos bilan yakunlandi:

 “Muloqot — bu qalblar o‘rtasidagi ko‘prik.”

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan