Joriy yilning 5-noyabr kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tashabbusi bilan “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya — Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida atoqli davlat arbobi, shoir va yozuvchi Sharof Rashidovich Rashidov xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining birinchi bosqich talabalari yoshlar murabbiysi Saltanat Sultanova boshchiligida faol ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuv qahramonning boy hayoti va ijodi, xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘chmas o‘rni hamda yosh avlod uchun namunali fazilatlarini yodga olish, ularning qalbida Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Videolavhani XJR 1-bosqich talabasi Mohina Xolmurodova tayyorladi
Videoni yuklab olish: IMG_0502