Kuni kecha, 6-noyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Ispaniya raqsi bo‘ylab sayohat” loyihasi doirasida Ispaniyaning mashhur Aire Nuevo Danza raqs kompaniyasi primabalerinasi va xoreografi Beatriz Morcillo ishtirokida mahorat darsi tashkil etidi.
Mahorat darsi davomida akademiya talabalari ispan raqsining to‘rtta: Bolero maktabi, folklor, stilizatsiyalashgan raqs va flamenko yo‘nalishlari bilan tanishdilar.
Ispancha qaynoq notalarda, o’zgacha talqinda, akademiya talabalarining katta qiziqishi bilan bo’lib o’tgan mahorat darsi barchaga manzur bo’ldi hamda bunday tadbirlarni kelajakda yana tashkil etish haqida fikr almashdilar.
Videolavhani XJR 1-bosqich talabasi Muminova Farangiz tayyorladi.