Ispaniya raqsi bo‘ylab sayohat

Joriy yilning 7–noyabr sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Ispaniya raqsi bo‘ylab sayohat: ildizlardan zamonaviylik sari”
(De Ayer a Hoy) nomli kontsert dasturi namoyish etildi.

Ispaniya milliy bayrami (12-oktyabr) hamda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Yevropa kinosining 10 yillik yubiley festivali doirasida, Ispaniya Elchixonasi va O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi ko‘magida taqdim etilgan “Ispaniya raqsi bo‘ylab sayohat” loyihasida Ispaniyaning mashhur Aire Nuevo Danza raqs truppasi konsert dasturi namoyish etildi.

Yevropa ittifoqi, AQSH, Shveytsariya, Yaponiya, Latviya, Ruminiya kabi davlatlar elchilari va diplomatik korpus vakillari tashrif buyurgan kontsert dasturida Aire Nuevo Danza truppasi primabalerinasi va xoreografi Beatriz Morcillo ishtirokidagi jozibador ispan raqslarining namoyishi bo’lib o’tdi.

Dasturni akademiya Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Alimova Nargiza Sagdullayevna hamda Ispaniyaning Muvaqqat ishlar vakili Asunsion Sanches Ruis xonimlar kirish so’zi bilan ochib berdi. Konsert dasturi tomoshabinlarga ispan raqsining XVIII asrdagi shakllanishidan tortib, zamonaviy yo‘nalishlarigacha bo‘lgan evolyutsiyasini namoyon etdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan