O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Talabalar turar joyida “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dotsenti Nodira Alimdjanova tomonidan talabalarning shaxsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirish maqsadida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, giyohvandlik, ichish, chekishga qarshikurash, to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi” mavzusida “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi 1-2 bosqich talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasida yaxshi kasbga ega bo‘lish, hayotda o‘z o‘rnini topish, oila yumushlariga tayyor bo‘lish kabi savollarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining kelajak avlod uchun ham nihoyatda muhimligi, har bir inson o‘z salomatligiga katta e’tibor qaratishi zarurligi haqida ma’lumotlar berildi va muhokama etildi.
Bu kabi davra suhbatlari yoshlar ongida giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

