O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi v.b professori, filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroyeva, OʻzDXA Urganch filiali professori, O’zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova va filial katta o’qituvchisi Dilnoza Mavlonovalar Hindistondagi Javoharlal Neru universitetida (JNU) malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.
Malaka oshirish kurslari doirasida JNUda Hindistonda chop etilgan monografiyalar taqdimoti ham o’tkazildi. Unda diyorimizning Dehlidagi elchixonasi mas’ul xodimlari hamda o’zbek va qozoq olimlari, jurnalistlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro stajirovka O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi nufuzini yanada oshirish, xoreografiya va san’atshunoslik sohalarida raqobatbardosh, keng dunyoqarashli va zamonaviy yondashuvga ega kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Lavhani Iroda Axmadova,
“San’atshunoslik” yo’nalishi 1-bosqich talabasi tayyorladi.





