O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida bugun, 11-noyabr kuni bo’lib o’tgan, “Zamonaviy musiqa san’atida ilmiy tadqiqotlar va ijodiy yutuqlar” mavzusida yosh tadqiqotchilar va talabalar Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida (https://t.me/BZokirovnomidagiMESI/17299) O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi Madina Muxamedova, akademiyaning “San’atshunoslik“ ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalari Zokirova Sabina va Turmamatov Bekzodlar faol ishtirok etib, ma’ruza qildilar.
Tadbirda shuningdek, talabalarga ilmiy rahbarlari “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi o’qituvchisi Gulchehra Iskandirova hamrohlik qildi.








