Joriy yilning 27-oktyabr 8-noyabr kunlari O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bir guruh professor-o‘qituvchilari: I.R.Sultangirova, A.I.Eshimbetova va E.A.Kari-Yakubovalar Qozog‘iston Milliy Ayollar Pedagogika Universitetida (QYZPU, Olmaota) bo’lib, mazmunli va samarali malaka oshirdilar.
Pedagoglar hafta davomida qozoq xalq sahna raqsi, klassik raqs darslarida bo’lib, mahorat darslarida ishtirok etdilar, pedagogika metodikasi bo‘yicha qozog‘istonlik hamkasblar bilan suhbat qurib, fikr almashdilar, A.Seleznev nomidagi Olmota xoreografiya maktabi, T.Jurgenov nomidagi KazNAI faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda talabalar jamoasining, jumladan «Tomiris» ansambli va YUNESKO tasarrufidagi xalqaro loyiha “The PLANET of ART” konsertlarini tomosha qildilar.
Shuningdek, universitetning «Xoreografiya pedagogikasi» kafedrasi, kutubxonasi, muzeyi, milliy kiyim ustaxonalari, san’at ustaxonalari bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu hafta professional tajriba almashish, do‘stona aloqalarni mustahkamlash va O‘zbekiston hamda Qozog‘iston xoreografiya akademiyalari o‘rtasida yangi istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini ochdi.









