Hindistondagi tadbirlar o‘zbek va hind OAVlari nigohida

Shu kunlarda o‘zbekistonlik bir guruh professor-o‘qituvchilar va madaniyat sohasi vakillari Hindistonda bo‘lib turibdi.

Ular orasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi v.b professori, filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroyeva, O‘zDXA Urganch filiali professori, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova va filial katta o‘qituvchisi Dilnoza Mavlonovalar ham bor.

O‘zbek delegatlarining Dehli shahridagi Javoharlal Neru universiteti (JNU) va Assam vodiysidagi seminarlarda ishtiroki haqida O‘zA (https://uza.uz/posts/781667.com) – O’zbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” AA (https://dunyo.info/uzk/sotrudnichestvo/v-deli-sostoyalsya-mezhdunarodnyy-simpozium-posvyaschennyy-uzbekskomu-yazyku-i-literature) sayti va Hindistonning “News Daily 24” telekanalida turli xil maqola va ko‘rsatuvlar tayyorlanmoqda.
Lavhani “San’atshunoslik” yo‘nalishi 1-bosqich talabasiIroda Axmadova tayyorladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan