18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi haqidagi qonun qabul qilingan kun

Tarix zarvaraqlariga yorqin xarflar bilan bitilgan, bizning faxr va iftixorimiz, ozod Vatanning timsoli bo‘lgan muqaddas bayrog‘imiz qabil qilingan kun munosabati bilan, bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida “Bayrog‘im g‘ururim!” mavzusida tantanali tadbir tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Alimova Nargiza Sagdullayevna so‘zga chiqdi va akademiya jamoasini bayram bilan tabriklab, bayrog‘imizning har bir rangida xalqimizning o‘lmas ruhi, orzu-umidlari va buyuk kelajagi aks etganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, madhiyamiz sadolari ostida, milliy g‘ururimiz – muqaddas Bayrog‘imiz baland ko‘tarildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan