“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”

Joriy yilning 20-noyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 25-noyabr – “Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Toshkent shahar IIBB xotin-qizlar bo’limi rejasiga asosan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostidagi ma’rifiy tadbir Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son IIB XPB OTM katta inspektori, katta leytenant G.T.Matisakova tomonidan tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Yakkasaroy tuman hokim o‘rinbosari, xotin-qizlar bo’limi xodimlari, Toshkent to’qimachilik yengil sanoat instituti Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, xotin-qizlar raisi U.F.Elmuratova ishtirok etdi.

Tadbirda xotin-qizlarning haq-huquqlari, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, profilaktik suhbatlar o‘tkazish tartibi, yordam ko‘rsatish mexanizmlari, zo‘ravonlikka moyil shaxslar uchun tuzatish dasturlari kabi muhim yo‘nalishlar tushuntirildi.

Mazkur tadbir xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va jamiyatda sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan keng qamrovli sa’y-harakatlarning davomidir.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan