Nyu-Dehli universitetida O‘zbekiston – Hindiston madaniy aloqalari muhokama qilindi

Hindistonning Javoharla’l Neru universitetida o‘tayotgan malaka oshirish kurslari doirasida yana bir nufuzli oliy ta’lim muassasasi – Nyu-Dehli universitetida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori v.b. filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroyeva “O‘zbekiston –Hindiston madaniy aloqalarining tarixiy ildizlari”, O‘zDXA Urganch filiali professori, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova “O‘zbek-hind raqs maktabining mushtarak tamoyillari”, filial katta o‘qituvchisi Dilnoza Mavlonova “Lazgi” va “Katak” raqslarining ifoda uslublari” mavzularida nutq so‘zladilar.

Ma’ruzachilar ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik madaniy va ma’naviy bog‘liqlik, ilmiy almashinuvlar, adabiy ta’sirlar hamda san’at sohasidagi hamkorliklar haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Shuningdek, H.Hamroyeva tarixiy manbaalar va ilmiy izlanishlar asosida Hindiston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarning rivojlanish bosqichlariga ham to‘xtalib o‘tdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan