Akademiyada profilaktika tadbiri o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-oktabrdagi xati ijrosi asosida, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yangihayot tuman IIO FMB birinchi o‘rinbosari, IIV Akademiyasi magistratura bo‘limi tinglovchisi podpolkovnik Kasimov Farhod Olimovich ishtirok etib, giyohvandlik moddalari va psixotrop vositalarning noqonuniy muomalasi, ularni iste’mol qilish oqibatlari, shuningdek, diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolish holatlarining oldini olish mavzusida ma’ruza qildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahridagi OTM talabalari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar statistikasi, ularni bartaraf etishga qaratilgan Prezident qaror va farmonlarining asosiy yo‘nalishlari yoritib berilib, mavzularga oid videorolik va hujjatli film namoyish etildi.

Tadbirda shuningdek, akademiyaning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor N.S.Alimova, 3-son IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.X.Saitov hamda akademiya mas’ullari ishtirok etdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan