O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bugun, 25-noyabr kuni “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirga taklif etilgan mehmonlar: Yakkasaroy tumanida joylashgan Diniy qo‘mita ma’sul vakili O.Xoliqov, «Rakat» mahallasi masjid imomi H.Hamdamov va Yakkasaroy tumani IIO FMB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili B.Xalilovlar talabalar bilan vatanparvarlik, diniy bag‘rikenlik, millatlararo do‘stlik kabi mavzularda samimiy suhbatlashib ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdilar.
Yakkasaroy tuman Din ishlari qo‘mitasi, Ichki ishlar boshqarmasi va akademiya Ma’naviyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar talaba-yoshlarda mehr, oqibat, do‘stlik kabi xislatlarning shakllanishida katta turtki bo‘ladi.


