OʻZBEKISTON DAVLAT XOREOGRAFIYA AKADEMIYASI TOMONIDAN BESH MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA “MAHALLABAY” TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

Bugun, 7-iyun kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Bogʻsaroy” MFYda besh muhim tashabbus doirasida navbatdagi madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda akademiyaning Oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha prorektor Jahongir Gʻaniyev, “Bogʻsaroy” MFY raisining Obodonlashtirish va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gulchehra Tursunxoʻjayeva hamda Yoshlar masalalari boʻyicha mahalla inspektori Sunnat Axrorovlar ishtirokida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Suhbat jarayonida yoshlarning muammolari, vaqtincha ishsizlik xolatlari atroflicha oʻrganilib, akademiyada horijiy tillar, kompyuter savodxonligi va raqs boʻyicha bepul toʻgaraklar tashkil etilganligi maʼlum qilindi.
Bu borada G.Tursunxoʻjayeva targʻibot ishlarini olib borishini va toʻgaraklarga uy bekalari, yosh yigit-qizlarni jalb etishda bosh-qosh boʻlishini taʼkidladi.
Tadbir soʻnggida Akademiya masʼullari sportga qiziquvchi yoshlarga turli sport anjomlari taqdim etishdi. Shunindek, “Bogʻsaroy” MFY kutubxonasiga turli xil kitoblar taqdim etish rejalashrilganligini, kelgusida kitoblar taqdim etilishini bildirib oʻtishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan