Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorlikda 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Inklyuziv raqs va cheklovsiz ijod” shiori ostida “Biz tengmiz — bir safdamiz” nomli ilmiy-ijodiy tadbir bо‘lib о‘tdi.
Tadbir akademiyada, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Shaxzoda Xudoynazarova rahbarligida olib borilayotgan “Eshitishida va so’zlashuvida nuqsoni bo’lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasini yaratish” mavzisidagi amaliy loyiha doirasida o’tkazildi.



























