Konstitutsiya bayrami

Bugun 5-dekabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 8-dekabr — “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda asosiy qonunimizning mazmun-mohiyati, unda belgilangan demokratik tamoyillar, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan normalarning ahamiyati yoritib berildi.

Shuningdek, Konstitutsiya zamonaviy islohotlarning huquqiy poydevori ekanligi, hayotimizning turli jabhalarida kechayotgan o‘zgarishlar aynan shu hujjat bilan mustahkamlanganligi haqida, yurtimiz taraqqiyotida asosiy qonunning o‘rni, uni chuqur anglash va hurmat qilish tuyg‘usini yanada mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy tomonlari ham aytib o’tildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan