Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorlikda 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Inklyuziv raqs va cheklovsiz ijod” shiori ostida “Biz tengmiz — bir safdamiz” nomli ilmiy-ijodiy tadbir bо‘lib о‘tdi.
Tadbir O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tomonidan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Shaxzoda Xudoynazarova rahbarligidagi “Eshitishida va so’zlashuvida nuqsoni bo’lgan shaxslar uchun raqs harakatlarining tizimli innovatsion majmuasini yaratish” mavzisidagi amaliy loyiha doirasida o’tkazildi.
Tadbirning badiiy qismida imkoniyati cheklangan bolajonlar tomonidan raqslar ijro etildi. Shuningdek, xalqimizning sevimli san’atkorlari ishtirokida kuy va qo‘shiqlar taqdim etildi.
Tadbir davomida “Sen kuchlisan” xayriya aksiyasi doirasida saraton kasalligiga chalingan bemor bolalar tomonidan chizilgan qariyb 100 ta surat namoyish qilinib, kimoshdi savdosi tashkil etildi.








