Bugun Toshkent shahar Yashnabod tumani 52-sonli Alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda “Biz tengmiz-bir safdamiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Nargiza Alimova boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Badiiy chiqishlar so‘nggida maktab rahbariyati akademiya jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

