TABRIKNOMA

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi jamoasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti Mahmudova Malohat Mahmudovnani qutlug‘ 70 muborak yoshi bilan samimiy qutlaydi!

Siz ko‘p yillik fidokorona mehnatingiz, yuksak pedagogik mahoratingiz, boy tajribangiz va san’atga bo‘lgan cheksiz sadoqatingiz bilan akademiyamiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Siz tarbiyalagan shogirdlar bugun nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham xoreografiya san’atini munosib namoyon etib kelmoqdalar.

Ushbu muborak sana munosabati bilan Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy totuvlik, qalb xotirjamligi, ijodiy ilhom va faoliyatingizda yana ko‘plab yutuqlar tilaymiz.

Doimo ustoz sifatida e’zozlanib, shogirdlar yutuqlaridan faxr tuyib, farzandlaringiz baxtu kamolini ko‘rib yashash nasib etsin!

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan