“2025-yil 28-dekabrdan 10-yanvarga qadar professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv dasturlarini TOP-300 oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida maqbullashtirish” bo’yicha O‘zDXA rektorining 83-I-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, ilg‘or ta’lim dasturlari asosida 5–6-yanvar kunlari O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi barcha professor-o‘qituvchilari uchun “Hemis axborot tizimida ishlash” hamda “Professor-o‘qituvchilarning xalqaro impakt-faktorli ilmiy-texnik bazalardan foydalanish salohiyatini oshirish” mavzularida o’quv seminarlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida Hemis va kredit-modul tizimining mazmuni, ularni o‘quv jarayoniga joriy etish tartibi, shuningdek, baholash mexanizmlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilarga xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish hamda ilmiy maqolalar sifatini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.



