Davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyatini chuqur anglashga qaratilgan davra suhbati kuni kecha, 7-yanvar sanasida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori v.b., filologiya fanlari doktori (DSc) Hulkar Hamroyeva tomonidan o‘tkazildi.

Seminarda akademiyaning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Nargiza Alimova hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Seminar davomida ta’lim sohasiga oid ustuvor yo‘nalishlar — zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlash, yoshlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, shuningdek, ta’lim tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Prezidentimiz Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda talabalar o‘rtasida ham tizimli va izchil tushuntirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur o‘quv-seminar mazmunan boy, tahliliy va mushohadali ruhda o‘tkazildi.

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan