Raqamlashtirish kiberxavfsizlik

Bugun, 21-yanvar kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2026-yil 9-yanvardagi 01-04-06/01-sonli buyruq asosida tasdiqlangan “O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi faoliyatida axborot-kommunikatsiya hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirishga mo‘ljallangan Chora-tadbirlar rejasi”ning 13-bandi ijrosi doirasida, talabalar uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son PKI katta leytenant G.T.Matisakova, Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIB ATSJOOB inspektori, katta leytenant A.A.Mamayusupov hamda safdor O.A.Sayakovlar hamkorligida o‘tkazildi.

♾ Tadbir davomida talabalarga raqamli muhitda xavfsiz harakatlanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, kiberjinoyatchilikning oldini olish hamda qonunchilikda belgilangan mas’uliyat masalalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan