San’at va madaniyat yo’lida iste’dodlarni ro’yobga chiqarish va ularni qo’llab quvvatlash maqsadida o’tkazilayotgan “Yangi O’zbekiston iqtidorlar” ko’rik-tanlovining navbatdagisi bugun Toshkent shahrida bo’lib o’tdi.
Ko’rik-tanlovda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Shaxzoda Xudoynazarova hakamlar hay’ati raisi sifatida ishtirok etdi.
G’oliblar munosib taqdirlanib, Qozog’iston Respublikasining Chimkent shahrida bo’ladigan navbatdagi tanlovga chegirmali yo’llanmani qo’lga kiritdilar.




