Mahorat darsi

Madaniyat vazirligining 2025-yil 26-sentabrdagi “Ijod maskani” turkum tadbirlari hamda mahorat darslarini o‘tkazish to‘g‘risidagi 456-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 27-yanvar kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jalilova Shirin Shuxratovna tomonidan Buxoro ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatida bo’lib, maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Sh.Jalilova tomonidan yosh o‘qituvchilar hamda 2–4-sinf o‘quvchilari uchun “Ritmika” fanidan mahorat darsi o‘tkazilib, ta’lim jarayonida qo‘llanilishi samarali bo’lgan metodik yondashuvlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan