Hissiyotlar, fikrlar, resurslar: shaxsiy rivojlanish treningi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2-bosqich talabalari uchun metaforik assotsiativ kartalar (MAK) asosida “Savollaringga javoblar” nomli individual refleksiya elementlarini o‘z ichiga olgan psixologik trening o‘tkazildi.

Mazkur trening akademiya psixologi R.Xolmatova hamda tyutor M.Jo’rayeva hamkorligida tashkil etilib, talabalar o‘zini anglashlari, ichki holatlarini tushunishlari va dolzarb shaxsiy so‘rovlarini aniqlashlari uchun zarur sharoit yaratishga qaratildi.

Trening jarayonida ishtirokchilar o‘z-o‘zini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, hissiy kechinmalarini chuqurroq anglash, ichki resurslarini aniqlash hamda shaxsiy masalalar bo‘yicha yechim yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Metaforik yondashuvdan foydalanish psixologik to‘siqlarni kamaytirishga va individual tajribani chuqurroq anglashga xizmat qildi.

O‘tkazilgan trening talabalarga psixologik qo‘llab-quvvatlashning samarali shakli ekanini namoyon etib, ularning shaxsiy rivojlanishi uchun foydali bo‘ldi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan