О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2025/2026-о‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalariga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tо‘g‘risida” 2026-yil 2-fevraldagi 34-son buyrug‘iga muvofiq, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Professional ta’lim” yо‘nalishi 3-kurs talabasi Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna “Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi”ga sazovor bо‘ldi.
Ilmiy rahbar: O’zDXA “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna
Akademiya jamoasi nomidan Y.Trashkovani samimiy qutlab, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!