Talaba-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Joriy yilning 11-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Talabalar turar-joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhi tomonidan nazorat tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida yashash xonalari, maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari, xavfsizlik tizimi hamda ma’naviy-ma’rifiy muhit holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, talaba-qizlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud sharoitlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan