Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Yakkasaroy tumani hokimiyati bilan hamkorlikda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq “Fevral — yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” doirasida akademiya Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i X.Atavullayev hamda Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son IIB XPB OTM PKI katta leytenanti G.Matisakova hamkorligida huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan yaqindan muloq qilish uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkasaroy tuman bo‘limi bosh mutaxassisi O.Axmedov, Yakkasaroy tumani IIO FMB Kiberxavfsizlik bo‘limi inspektori, leytenant O.Soyakovlar taklif etildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari, ularning ijtimoiy xavfi, shuningdek, mazkur illatlarning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar va profilaktik choralar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar tomonidan yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini mustahkamlash, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









