Zamonaviy raqs: mahorat, metodika va ijodiy almashinuv

Joriy yilning 9–12-fevral kunlari O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Zamonaviy raqs” yo‘nalishida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan arbob, xoreograf, Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi (Olmaota) “Baletmeysterlik san’ati” kafedrasi dotsenti Gabbasova Gulnara Nadiymovna tomonidan o’tkazildi.

Mazkur tadbir amaldagi hamkorlik memorandumi doirasida o‘tkazilib, ishtirokchilarning zamonaviy raqs sohasidagi kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirish, mualliflik pedagogik metodikalar bilan tanishtirish hamda ijodiy tajriba almashishga qaratildi.

O‘tkazilgan mahorat darslari talaba-yoshlarning ijrochilik mahoratini rivojlantirish va ularning professional tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan