O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2-kurs tayanch doktoranti doktoranturasining bosqich Yuliya Tairova Yevropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.
12-fevral kuni Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqining Horizon Europe dasturi doirasidagi qator tadbirlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur dastur ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan eng yirik tashabbuslardan biri hisoblanadi. Unda yuzdan ortiq olimlar, tadqiqotchilar hamda turli tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Axborot sessiyasi davomida dastur tuzilmasi, asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan tanlovlar va ishchi dasturlar batafsil taqdim etildi. Markaziy Osiyo olimlari uchun ustuvor mavzular, ariza topshirish shartlari, xorijiy hamkorlarni izlash va xalqaro konsorsiumlar tuzish mexanizmlari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish va boshqarish, arizalarni ekspert baholash tartibi masalalari yoritildi.
Bunday tadbirlar O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, mahalliy tadqiqotchilarning malakasini oshirish hamda ularning yirik xalqaro ilmiy loyihalardagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.



